Bostondagi teraktni tashkil etilganlikda ayblanayotgan Joxar Sarnaev katta akasi Tamerlanning 2011 yili sodir etilgan qotillika daxldor ekanligini bilgan. Bu haqida 12 oktyabr kuni Fox 25 sud materiallariga asoslanib, xabar berdi.
Sudga bu ma`lumotni Joxar Sarnaevning advokatlari jinoyatga aloqador ma`lumotlarni olish maqsadida taqdim etishgan. Juma kuni berilgan hujjatda Sarnaevning akasi sodir qilgan jinoyat to`g`risida guvohlik beruvchi odam borligi haqida ma`lumot berilgan.
Avvalroq prokuratura kichkina Sarnaevga nisbatan bir necha marta qotillik yuzasidan dalillarni ilgari surgan, biroq bu ishning teraktga aloqasi yo`qligi sababli tafsilotlarini ma`lum qilishni istamagan edi.
Eslatib o`tamiz, Bostondagi portlash 2013 yili 15 aprel kuni sodir bo`lgan. Natijada 3 kishi halok bo`lgan, 250dan ortiq odam jarohatlangan edi. Portlashni tashkil etganlikda aka-uka Sarnaevlar ayblangan. Tamerlan Sarnaev qo`lga olish operasiyasi chog`ida halok bo`lgan.





