Liviya poytaxti Tripoli janubida ittifoqchi kuchlarning hukumatga qarshi isyonlari davom etmoqda, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.
Ushbu mojaro avgust oyida boshlanib, keyinchalik bartaraf etilgan edi. Ammo ayni kunlarda to`qnashuvlar yana avj olmoqda. Har ikki tomon o`rtasida sodir bo`lgan qurolli otishmalar natijasida uylar, do`konlar vayron bo`lmoqda. Bu esa xalqaro aeraport faoliyatiga ham o`z salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.






