AsosiyDunyo

“Gladiator”ning raqibi endi Joker rolida

'“Gladiator”ning raqibi endi Joker rolida 'ning rasmi

Warner Bros. studiyasi Joker haqida alohida filmni suratga olish ishlarini boshlab yubordi, deya xabar berdi filmpro.ru nashri.

Superyovuz rolini bu safar ko`pchilik kinoixlosmandlarga Riddli Skottning “Gladiator” filmida Kommod roli orqali yaxshi tanish bo`lgan Xoakin Feniksga ishonib topshirilgan.

Har safargidek Xoakin ushbu roli uchun ham bafurja tayyorgarlik ko`rgan. Shu kunlarda Jokerning yangi qiyofasiga kinoixlosmandlarning munosabatini bilish uchun “Joker” filmining ilk tizeri e`lon qilindi.

Bundan avval Joker rolini Sezar Romero, Jek Nikolson, Jared Leto va Xit Lejer ijro etgan edi.


Boshqa yangiliklar