Tunisda suv toshqinlari ro`y bermoqda, deya xabar berdi TASS nashri.
Tabiiy ofat natijasida kamida 5 kishi halok bo`lgani ma`lum qilinmoqda. Kuchli yog`ingarchilik sabab ba`zi tumanlardagi suv sathi 1,7 metrgacha ko`tarilgan. Buning oqibatida esa ko`prik va yo`llar vayron bo`lmoqda. Tunis rasmiylari qidiruv-qutqaruv ishlariga polisiya, armiya va vertolyotlarni jalb qilgan.






