Xitoylik 13 yoshlik bolakay uy vazifalarini qilishni sira yoqtirmasligini tan oladi. Shu sababli u maktabning rasmiy saytini buzib kirib, uy vazifasi uchun beriladigan topshiriqlarning javoblarini ko`chirib olgan, shuningdek, o`qituvchilar qo`ygan baholarni o`zgartirib qo`ygan. Bu haqda www.glunews.ru nashri xabar beradi.
Biroq kattalar ham anoyi emas. Uning bu noo`rin iste`dodi maktab o`qituvchilari tomonidan aniqlandi.
Ammo aytish lozimki, bu hali hammasi emas. Uyi yaqinidagi o`yinchoq do`konlarining birida o`ziga yoqqan Xbox o`yinchog`ini sotib olish uchun u oylar davomida pul yig`di. Shu bilan birga internet-magazinning saytini buzib kirib, Xbox o`yinchog`ining asl bahosini o`zgartirib, arzonlashtirib qo`yadi.
Van Jenyang ismli bu bolakayning shu va ushnga o`xshash aqlni hayratga soladigan ishlari ko`p. Ota-onasi, o`qituvchilar va Van ishtirokidagi “jiddiy masalalarga qaratilgan” majlisda u o`z bilimini dars tayyorlash a bilim olish uchun sarflashga so`z berdi.





