AsosiyDunyo

AQShlik fuqaro qamoqxona eshiklaridan ozodlikka chiqishi bilan otib tashlandi

11 oktyabr kuni tongda AQShning Oranj okrugi, Nyu-York shtati, Otisvill shahridagi qamoqxonalarning biridan jazo muddatini o`tab, ozodlikka chiqqan fuqaro oradan 15 daqiqa o`tib otib o`ldirildi, deya xabar beradi Day.az nashri Associated Press ma`lumotlariga tayanib.

Qotillar ikki kishi bo`lgan. Ayni damda ular qidirilmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, qotillikdan so`ng ular tezlik bilan avtomobilda voqea joyidan qochib ketishgan.

Ma`lum bo`lishicha, qotillikdan bir necha daqiqa oldin, ularning biri poezdga chipta sotib olgan. Polisiyachilar jinoyatchilarni aynan mana shu dalil orqali izlashmoqda. 

    Boshqa yangiliklar