Britaniyada yashovchi 20 yoshli rus talabasi Darya Radionova o`zining Mercedes CLS 350 avtomobilini eBay internet-auksioniga qo`ydi. Bu haqda Vesti.ru xabar beradi.
Ushbu avtomobilning ustki qismi to`laligicha Svarovski olmos toshlari bilan qoplangan. Ayni damdagi ma`lumotlarga ko`ra, mashinani sotib olish uchun 30 dan ortiq haridorlar navbat kutishmoqda. Avtomobilning boshlang`ich narxi 90 ming funt edi, bir necha kun o`tib uning narxi 150 ming funtgacha ko`tarildi.
Auksion 2014 yilning 16 oktyabrga qadar davom etadi. Mashina egasi Radionovaning aytishicha, uning Mercedes´ini olmoslar bilan bezashda bir necha mutaxassislar ikki oy davomida 12 soatdan mehnat qilishgan. Bu esa unga 20 ming funtga tushgan.
Eskpertlarning so`zlariga ko`ra, agar mashina Svarovski toshlari bilan bezatilmaganda, uning narxi 25 ming funtga baholangan bo`lari.





