AsosiyJamiyat

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Samarqandda

'Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Samarqandda'ning rasmi

Markaziy Osiyo mintaqasi azaldan Sharq va G`arb o`rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarida muhim o`rin tutib kelgan. Xitoydan boshlanib Evropaga qadar davom etgan «Buyuk ipak yo`li» ning asosiy tarmoqlari ham ayni shu mintaqa shaharlari orqali o`tgani bejiz emas.

Bugungi globallashuv jarayonida mintaqaning mazkur masaladagi ahamiyati o`zining dolzabligni yo`qotmagan. Biroq mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanilmayotgani mintaqa salohiyatini boricha namoyon etishga to`siq bo`lib xizmat qilmoqda.

20 sentyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tgan “Markaziy Osiyo transport yo`laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya hamda sho``ba yig`ilishlarida xalqaro transport yo`laklaridan samarali va o`zaro manfaatli asosda foydalanish, Markaziy Osiyoda o`zaro ishonch va yaxshi qo`shnichilikka asoslangan aloqalarni mustahkamlash uchun yagona tarmoqlashgan va xalqaro integrallashgan transport makonini yaratish masalalari muhokama etildi.

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari bugun, 21 sentyabr kuni “Afrosiyob” tezyurar poezdida tongda qadim va hamisha navqiron Samarqand shahriga etib borishdi.

300 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor joylarini ko`rishdan tashqari, “Man” zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U erda zavod faoliyati haqida taqdimot va ekskursiya o`tkazildi. Mehmonlarga yuk avtomobillari, shahar va shaharlararo avtobuslar, treylerlar ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma`lumotlar berildi.

    Boshqa yangiliklar