20 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Tezkor tadbir davomida Qarshi shahrida yashovchi Sh.S. giyohvandlik moddasini saqlashda gumonlanib tuman IIBda ushlab turilgan akasi R.S.ga nisbatan to`plangan hujjatlar yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atmasdan, ehtiyot chorasi qo`llamay ishni ijobiy hal qilib berish evaziga Qamashi tumani Iftihor ko`chasida mayor D.R.ga 10 million so`m pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Sh.S.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergovni esa prokuratura olib bormoqda.






