AsosiyJamiyat

Jizzaxda «Yoshlar haftaligi»: Yoshlarga g`amxo`r mamlakatgina taraqqiyot sari dadil odimlaydi!

'Jizzaxda «Yoshlar haftaligi»: Yoshlarga g`amxo`r mamlakatgina taraqqiyot sari dadil odimlaydi!'ning rasmi

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati muhim jarayon. Tabiiyki, bu jarayonda yoshlar masalasida tegishli har qanday islohot ahamiyatli.Kecha erta tongdan O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Jizzax viloyatida start olgan «Yoshlar haftaligi»ni ham islohotlarning davomi sifatida hududda istiqomat qilayotgan yoshu keksa munosib kutib oldi.

Haftalik qadimiy an`anaga muvofiq, nafaqat Jizzax viloyatining balki, mamlakatning gullab yashnashiga o`zining munosib hissasini qo`shgan, og`ir va murakkab davrda xalq farovonligi yo`lida fidoyi xizmat qilgan inson, yozuvchi Sharof Rashidov xotirasini yod etib, poyiga gulchambar qo`yish marosimi bilan boshlandi.

Shundan so`ng, fan, ta`lim, madaniyat sohasi vakillari, tajribali psixologlar, sport ustalari hamda nufuzli Davlat mukofotlaridan tarkib topgan Respublika Ishchi guruhi a`zolari yo`nalishlarga bo`lingan holda Zomin tomon yo`l olishdi.

Zomin tumanida barcha yoshlar sport musobaqalari atrofida birlashdi. Sportning qator turlari bo`yicha musobaqalar tashkil etildi.

Ma`lumki, joriy yilning 5-mart kuni davlatimiz rahbarining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni qabul qilingan edi. Farmonga muvofiq, ilgarigi davlat qo`mitasi va uning hududiy bo`linmalari negizida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilib, uning vazifa va vakolatlari kengaytirildi.

Sportchilarni tanlab olish – seleksiya ishlarini takomillashtirish bo`yicha yangi tizim joriy etilib, bu o`zining dastlabki natijalarini bera boshladi.

Avgust-sentyabr oylarida Indoneziyada o`tkazilgan Osiyo o`yinlarida sportchilarimiz 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza – jami 70 ta medalni qo`lga kiritdi. Mamlakatimiz oltin medallar soni bo`yicha 5-o`rinni egallagani o`zbek sporti tarixida eng yaxshi natija bo`ldi.

Shuning uchun bugungi kunda sport kattayu kichikning eng sevimli mashg`ulotlaridan biri hisoblanadi. Jizzax viloyatida ham ko`plab aholi o`zining sportsevarligini, jismoniy tarbiyaga ishtiyoqi baland ekanligini ko`rsatishdi.

Birinchi kundanoq Zomin tumani va Jizzax shahrining markaziy ko`chalarida mahalla yoshlari ishtirokida 5 km masofada salkam 1000 nafar yoshlar ishtirokida marafon o`tkazildi.

Bolalar va o`smirlar sport maktablarida qo`l to`pi, voleybol, basketbol, futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi, gimnastika, armrestling, tosh ko`tarish, kurash, boks, suzish sport turlari bo`yicha 2 425 nafar yoshlar ishtirokida musobaqalar tashkil etildi.

Bu borada, ayniqsa, sport tadbirlariga yoshlarning qiziqishi yuqori. Tuman-shaharlar markazlari va chekka-chekka qishloqlarda 23 ta sport olimpiya, noolimpiya hamda milliy sport turlari bo`yicha musobaqalar tashkil etildi. Futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, yugurish, kurash, shashka va shaxmat, suzish, dzyudo, kikboksing, tosh ko`tarish, qo`l to`pi arqon tortish va boks musobaqalari doirasida 2 328 nafar yosh qamrab olindi.

Eslatib o`tamiz, hozirgi kunda viloyatda 542 ta umumiy o`rta ta`lim muassasalari, jumladan, 78 ta akademik lisey, 2 ta oliy ta`lim muassasalari mavjud bo`lib, 30 yoshgacha bo`lganlar soni 450 ming nafardan ortiq.

Ta`kidlash joizki, ushbu haftalik yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanni sevish, sadoqatli bo`lish kabi fazilatlarni shakllantirish, yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, ularni yot g`oyalardan asrash, sportga bo`lgan qiziqishlarini yanada orttirish, yosh oilalar ajrimlarining oldini olish, barkamol avlodni ijtimoiy, ma`naviy va moddiy qo`llab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Haftalik doirasidagi sport musobaqalarida qatnashib g`oliblikni qo`lga kiritgan yoshlar O`zbekiston yoshlar ittifoqi va homiylarning turli sovg`alari, diplomlari bilan taqdirlanishdi.

Barcha yo`nalishlar singari haftalikning ilk kunidanoq yoshlar bandligini ta`minlash maqsadida Jizzax shahrida «Yoshlar mehnat yarmarkasi» tashkil etildi. Unda 16 ta tashkilot o`zining78 ta bo`sh ish o`rinlari bilan ishtirok etdi. Mazkur yarmarka davomida 22 nafar yosh ishga joylashtirildi.

Shuni alohida ta`kidlash joizki, shu bugunga qadar ta`lim muassasalari sardorlari va mas`ul idoralar vakillari tomonidan bu tartibda ishlar amalga oshirilmagan.

Ta`kidlash joizki, ushbu haftalik yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanni sevish, sadoqatli bo`lish kabi fazilatlarni shakllantirish, yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, ularni yot g`oyalardan asrash, sportga bo`lgan qiziqishlarini yanada orttirish, yosh oilalar ajrimlarining oldini olish, barkamol avlodni ijtimoiy, ma`naviy va moddiy qo`llab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Haftalik doirasidagi tadbirlar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar