Alfred Nobel tomonidan vasiyat qilingan beshta mukofot fizika, tibbiyot, kimyo, adabiyot va tinchlik yo`nalishlarida Stokgolm shahrida o`z egalariga topshirildi.
Nobel komiteti tanlovini oldindan aytish deyarli mumkin emas, chunki mukofotning 2014 yildagi sohiblaridan hech birini ekspertlar va tahlilchilari topa olishmadi.
Shunday qilib, mukofotga tibbiyot yo`nalishida nefrofiziologik mexanizmlar borasida olib borgan izlanishlari uchun Jon O`Kif, Edvard Mozer va Mey-Britt Mozerlarga nasib etgan bo`lsa, fizika yo`nalashida yaponiyalik olimlar Isam Akasaki, Xirosi Amano va Sudzi Nakamuralarga ko`k svetodiodni (LED) yaratganliklari uchun topshirildi.
Kimyo yo`nalishida Shtefan Xell (Germaniya) va Uilyam Merner hamda Erik Betsiglar (AQSh) o`ta yuqori quvvatga ega fluoressent mikroskopni ishlab chiqishgani uchun qo`lga kiritishdi.
Adabiyot sohasida mukofotga fransiyalik yozuvchi Patrik Modiano munosib ko`rildi.
Nobel mukofotining tinchlik yo`nalishi g`oliblik pokistonlik qonun himoyachisi Malala Yusufzay va hindistonlik bolalar huquqlari himoyachisi Kaylash Satyartigga nasib etdi.
2014 yilda Nobel mukofoti sovrindorlarining har biriga 8 mln shved kronasi (1 mln dollar) topshirildi.





