Bugun Vetnam davlat rahbari Chan Day Kuang 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
"Prezident 21 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 10:05 da Xanoydagi harbiy kasalxonada vafot etgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay Kuang uzoq vaqt davom etgan og`ir kasallik natijasida vafot etgan", - deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, 1956 yil 12 oktyabrda Vetnam shimolidagi Ninbin provinsiyasida tavallud topgan Chan Day Kuang o`z mehnat faoliyatini ichki ishlar vazirligida boshlab, 2016 yilda mamlakat Prezidentligiga saylangan bo`lgan.






