AsosiyJamiyat

Jizzaxda hamshira 7 millionga yaqin psixotrop dorilarni uyida saqlayotgani aniqlandi

'Jizzaxda hamshira 7 millionga yaqin psixotrop dorilarni uyida saqlayotgani aniqlandi'ning rasmi

Jizzax viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi Baxmal tumani tibbiyot birlashmasi terapiya bo`limining katta hamshirasi S.J ana shu ezgu kasb egalariga umuman xos bo`lmagan ishga qo`l urdi.

U maxsus nazoratda turadigan dori-darmonlarni bemorlarga bermasdan o`z uyida saqlayotganligi aniqlandi, deb yozmoqda O`zA.

Hamshiraning xonadonidan “Sikladol”, “Sibazon” psixotrop dorilari kabi jami 6 million 643 ming so`mlik tibbiy vositalar olingan.

Hozirda bu dorilarni pullamoqchi bo`lgan hamshiraga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar