AsosiyDunyo

AQSh prezidenti to`fon oqibatlarini borib ko`rdi

'AQSh prezidenti to`fon oqibatlarini borib ko`rdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Karolina shtatiga yopirilgan Florensiya to`foni oqibatlarini borib ko`rdi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

U tabiiy ofatdan aziyat chekayotgan odamlarga ko`mak ko`rsatishga va hududlardagi ko`rilgan zararni qoplash uchun federal yordam ko`rsatishga va`da berdi. Hozirgacha Florensiya dovuli qurbonlari soni 37 kishiga etgan. “Vashington va men siz bilan birgamiz. Biz barchasini engib o`tamiz”, dedi Tramp jabrlanganlarga qarata.

    Boshqa yangiliklar