AsosiyDunyo

Kolumbiyada giyohvand moddalar etishtirish avj oldi

'Kolumbiyada giyohvand moddalar etishtirish avj oldi'ning rasmi

Kolumbiyada giyohvandlikka qarshi kurashish uchun har qancha choralar ko`rilayotgan bo`lishiga qaramay, uni etishtirish tobora avj olmoqda, deb xabar berdi TASS nashri.

Polisiya o`tkazilan tekshiruvlar natijasida yana yangi giyohvand moddalar maydonini aniqlagan. Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yilga nisbatan uni etishtirish va sotish 17 foizga oshib, rekord daraja qayd etilgan. Hozirga kelib umumiy hisobda 422,550 gektar dalada giyohvand moddalar o`stirilmoqda.

Mamlakatda har qancha giyohvandlikka qarshi kurash olib borilganligiga qaramay, ko`rsatgichlar kamayish o`rniga yildan yilga ortib bormoqda. Aniqlangan maydonlardagi qora dorilar yoqib yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar