Liberiya markaziy bankidan 104 million dollar miqdoridagi mablag` yo`qoldi, deb xabar berdi TASS nashri.
Biroq uning qaerga va qanday g`oyib bo`lgani haqida aniq ma`lumotlar yo`q. Manbaning xabar berishicha, mazkur voqeaga oydinlik kiritilmagunicha 15 nafar mansabdor shaxslarga mamlakatdan chiqish taqiqlandi. Ular orasida mamlakatning sobiq prezidenti Ellen Jonsonning o`g`li ham bor.
Hozirda bank boshqaruvchisi va bir necha xodimlar tergov qilinmoqda. Hozircha tergovdan biror samara bo`lgani yo`q. Pullar o`g`rilar tomonidan olib ketilmagani aniq. Ammo bu haqda hali biror aniq ma`lumot yo`q.






