AsosiyDunyo

Gresiyada muhojirlar soni ortib bormoqda

'Gresiyada muhojirlar soni ortib bormoqda'ning rasmi

Gresiyaning Lesbos orolida kun sayin muhojirlar soni ortib bormoqda, deb xabar berdi TASS nashri.

Bu esa orol iqtisodi bilan birga tabiatiga ham o`z salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda. Manbaning xabar berishicha, hozirga kelib qochoqlar soni deyarli 10 mingga yaqinlashib qolgan. Lagerlarda kun kechirayotgan odamlarning sharoiti sanitariya talablariga mutlaqo javob bermaydi. Ular o`z chiqindilarini o`rmonlarga olib borib tashlashmoqda. Buning oqibatida orolda badbo`y hid va turli hashoratlar paydo bo`lmoqda. Hukumat esa vaziyatni nazorat qila olmayapti.

    Boshqa yangiliklar