Avstraliya polisiyasi qulupnay mevasi ichiga igna tiqib qo`yayotgan shaxsni aniqladi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
U 15 yoshli o`spirin bo`lib, bu ishni shunchaki “hazil tariqasida” amalga oshirgan. Avvalroq Avstraliya do`konlarida sotilayotgan qulupnay ichidan ignalar chiqayotgani ma`lum qilingandi. Reuters axborot agentligining xabar berishicha, tergov davom etadi va huquq-tartibot idoralari qolgan gumonlanuvchilarni ham izlab topadi.
Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mevalar ichiga igna tiqib qo`yayotgan jinoyatchilar uchun jazoni 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha qat`iylashtirishni taklif qilgan. “Bu aslo hazil, hatto kulgili ham emas. Bu barcha avstraliyaliklar hayotini xavf ostida qoldirishdir.Jazo ham shunga yarasha bo`lishi lozim” dedi Skot Morrison.






