O`zbekiston Maktabgacha ta`lim vazirligi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 197-maktabgacha ta`lim muassasasida olib borilgan tekshiruvlar jarayonida qoidabuzarliklar aniqladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Shayxontohur tumanidagi 197-sonli MTMda auditorlik tekshiruvi, Vazirlik nomiga kelib tushgan ma`lumot, ya`ni ota-onalardan bir banka bo`yoq olib kelish talabi bilan bog`liq shikoyat yuzasidan o`tkazildi.
MTM mudirasi xonasida Vazirlik auditorlarini o`zini metodist deb tanishtirgan ayol kutib oldi. Tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan ayol, aslida amaldagi mudiraning onasi ekanligini tan oldi va bu erda ishlamasligini aytdi. Keyingi tergovlar shuni ko`rsatdiki, avvallari jinoiy javobgarlikka tortilgan bu ayol aslida MTMning pul oqimlarini shaxsan o`zi nazorat qilganligi aniqladi.
O`tkazilgan tekshrish ishlari misli ko`rilmagan miqyosdagi o`g`rilik va poraxo`rlikka yo`l qo`yilganligini ko`rsatdi. Amaldagi mudiraning onasi uzoq yillar davomida daxlsizlik va jazosiz qolishga odatlangan ekan. U MTV auditorlariga do`q-po`pisalar qilib, jismoniy putur etkazish tahdidi bilan MTMga tegishli hujjat va ma`lumotlarni taqdim etishdan bosh tortdi. Tekshirish ishlari ota-onalar tez-tez so`raydigan savollarga javoblarni aniqlab berdi.
Nima uchun farzandlarimizni yaxshi ovqatlantirishmaydi?
Auditorlik ishlari o`tkazilgan kuni menyu uchun ishlatilishi lozim bo`lgan 56,2 kg go`sht ombordan olingan, ammo u qozonlargacha etib bormagan. Ajratilgan mahsulotning o`rniga bir kun avval qaynatilgan 8,98 kg go`sht topildi. Bolalar yangi mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni iste`mol qilishlari lozim. Keyinchalik aniqlanishicha, amaldagi mudiraning onasi har kuni go`shtning yarmini o`zi uchun olib qo`yar ekan. Bundan tashqari, MTV auditorlari "navbatchi go`sht" deya talqin qilinadigan go`shtni topdilar, bunday go`sht odatda komissiya vakillari va tekshiruvchilarga namoyish qilish uchun saqlanadi. Muassasa tez-tez va oshkor tekshirishlar ob`ekti ekanini tushunib, MTM xodimlari eski go`shtni chiqindilar idishiga solib, hujjatlarni yashirish uchun Maxsustrans mashinasini chaqirishgan.
Nima uchun ota-onalar topshiradigan to`lovlarning hajmi katta?
2018 yil yanvaridan boshlab 197-sonli MTMda ota-onalari 180 dan 280 ming so`mga teng to`lovlarni amalga oshirib kelmoqdalar ekan. Shu o`rinda eslatish joizki, amaldagi tariflarga ko`ra, MTMga bir oylik to`lov miqdori 155 ming so`mga teng. Bundan tashqari, ushbu MTMda muassasani moddiy quvvatlash jamg`armasiga har bir bola uchun qo`shimcha ravishda kuniga o`rtacha 25 ming so`mlik to`lov amalga oshirib kelingan ekan. Qonuniy hujjatlarda belgilanmagan barcha to`lovlar kassaga tushmagan. 197-sonli MTMda noqonuniy daromad olishning yana bir manbai sifatida uchta tijorat guruhlarining mavjudligi aniqlandi, bu esa ushbu MTMga har bir boladan qo`shimcha 125 ming so`mdan daromad olib kelgan. Tijorat guruhlaridan olingan o`rtacha oylik daromadi 10 mln. so`mni tashkil etar edi.
Maktabgacha ta`lim muassasasiga bolani joylashtirishda "kelishib olish" mumkinmi? MTV auditorlari tekshirish chog`ida 197-sonli MTMga 12 nafar bola yo`llanmasiz qatnayotganini aniqladilar. MTM xodimlari ro`yxatga kiritilmagan jajji bolakaylarni tekshirish vaqtida eshigi tashqaridan qulflanadigan obmorxonaga yashirib qo`ygan ekanlar. Bu bolalarning ota-onalari bog`cha to`lovini naqd pulda amalga oshirar edilar.
MTMda kadrlar bilan bog`liq muammolarning sababi nima?
Xodimlarning etishmasligi bilan bog`liq vaziyatda 197-sonli MTM jamoasi tarkibida «o`lik jonlar» topilgan.
Tarbiyachilar, hamshiralar va farroshlar sifatida ro`yxatga olingan odamlar aslida ushbu muassasada ishlamagan. Biroq, bir necha guruhlar tarbiyachilarsiz faoliyat olib borar va bolalar yordamchilar nazorati ostida bo`lganlar. Asossiz to`langan oylik maoshning hajmi 2015-2018 yillar oralig`ida 61 mln so`mni tashkil etdi. Tekshiruvdan so`ng 197-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi rahbari o`z lavozimidan ozod etildi. Biroq, telefon orqali tushayotgan tahdidlar davom etayotganligi sababli ushbu muassasada yangi ishchilar ko`p ushlanib qolishdan bosh tortmoqdalar. Ayni paytda ushbu MTMga rahbarlik qilish lavozimini 3 kishi rad etgan.
Auditorlik materiallari tuman va Bosh prokuraturasiga jo`natildi.






