AsosiyDunyo

Filippinda to`fondan keyin ko`chki yuzaga keldi

'Filippinda to`fondan keyin ko`chki yuzaga keldi'ning rasmi

Filippinda Mangxut to`foni nafaqat suv toshqinlariga balki er ko`chkilari yuzaga kelishiga ham sabab bo`lmoqda, deb xabar berdi TASS nashri.

Mamlakatning shimoliy hududida sodir bo`lgan ko`chki oqibatida 100 ga yaqin odamlar bedarak yo`qolgan edi. Itogon shahrida hamon qidiruv- qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Manbaning xabar berishicha, hozirga kelib 18 kishining jasadi topilgan, 63 nafar insonning taqdiri noma`lumligicha qolmoqda. Qutqaruvchilarning ta`kilashicha, jarayon bir necha hafta davom etishi mumkin. Fojia tufayli bedarak yo`qolgan insonlarning yaqinlari ularning tirikligiga umid qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar