Puerto-Rikoga Maria to`foni yopirilib kelmoqda, deb xabar berdi TASS nashri.
Hozirda kuchli shamol aralash yog`ayotgan yomg`ir aksariyat uy va bino oynalarini chilparchin qilib ulgurgan. Odamlar uydan chiqmaslikka harakat qilishmoqda. So`nggi 30 soat davomida yog`ingarchilik tingani yo`q. Yaradorlar bor, biroq qurbonlar qayd etilmagan.
54 yoshli Eveyl Riveraning so`zlariga ko`ra, suv uning uyigacha kirib borgan. “Men, erim va o`g`lim to`fon boshlanganidan beri ko`chaga chiqa olganimiz yo`q”, deb ma`lumot berdi ayol.






