Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sog`liqni saqlash sohasiga ko`proq mablag` ajratishga qaror qildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Fransiyada sog`liqni saqlash tizimiga sarflanadigan xarajatlar 2019 yilda 2,5 foizga oshadi. Bu esa 200 milliard evro deganidir. Mazkur byudjetdagi mablag` esa shahar tashqarisidagi va chekka qishloqlardagi shifoxonalarni dori-darmon va zaruriy jihozlar bilan ta`minlashga sarflanadi.
Shuningdek, Makronning ta`kidlashicha, qo`shimcha 4000 nafar shifokorlarni ishga qabul qilish lozim .So`nggi vaqtlarda Fransiyada sog`liqni saqlash tizimi xizmatidan norozi fuqarolar soni ortib bormoqda.






