AsosiyDunyo

Audi o`zining ilk seriyali elektromobilini omma e`tiboriga taqdim etdi

'Audi o`zining ilk seriyali elektromobilini omma e`tiboriga taqdim etdi'ning rasmi

Audi o`zining ilk seriyali elektromobili E-tron modelini keng omma e`tiboriga taqdim qildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Taqdimot marosimi Kaliforniyada bo`lib o`tdi. Ma`lum qilinishicha, avtomobil bozorga 2018 yil oxirida chiqadi va 75 ming dollar turadi. Audi E-tron umumiy quvvati 350 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatelga ega. U to`liq quvvatlanganda 400 kilometrgacha yo`l bosa oladi. Elektrokarning maksimal tezligi soatiga 200 km. Haydovchilarga esa 7 ta haydash rejimi taqdim qilingan

Avtomobilning eng arzon versiyasi 74800 dollar. “Menimcha biz elektrokarlarni bemalol ishlab chiqarish imkoniga egamiz.Biz avvaliga 50 shtatni qamrab olishimiz kerak. Axir bizning kompaniya dunyoda etakchilardan biridir”, deb ma`lumot berdi kompaniya xodimlaridan biri.

    Boshqa yangiliklar