Falastinlik 11 yoshli bolakay Isroillik xarbiylar tomonidan o`ldirilganidan so`ng, G`azo sektorida to`qnashuvlar yana avj oldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Xar ikkala tomon xam bir biriga qarata olovli xujumlarni amalga oshirgan. Manbaning xabar berishicha, Hodisa oqibatida 2 kishi halok bo`lgan. Ular falastinliklar ekani ma`lum qilinmoqda. Shuningdek to`qnashuvlar oqibatida umumiy xisobda 46 nafar inson turli darajada jaroxat olgan.






