AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Milliy banklararo prosessing markazi tashkil etiladi

'O`zbekistonda Milliy banklararo prosessing markazi tashkil etiladi'ning rasmi

Yurtimizda naqd pulsiz to`lov tizimi keng ommalashgan. So`nggi vaqtlarda bu borada erishilgan yutuqlarga qaramay to`lov tizimlarini rivojlantirish uchun zamonaviy texnologik echimlarni joriy etish borasida qator kamchiliklar mavjudligi ko`zga tashlanmoqda.

To`lovlar davomiyligini ta`minlash, sohaga innovasion mahsulotlarni jalb etish, mavjud bank xizmatlari va to`lov xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish davr talabiga aylanib bormoqda.

Bu boradagi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo`nalishlar ijrosini ta`minlash maqsadida yurtimizda Milliy banklararo prosessing markazi tashkil etilmoqda.

Ushbu maqsadlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrda imzolagan «Milliy to`lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonida nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar