AsosiyJamiyat

Eng yaxshi o`zbek vinosi aniqlandi

6-7 oktyabr kunlari Toshkent xalqaro sayohlik ko`rgazmasida birinchi marta Uzum va vino festivali bo`lib o`tdi.

Festivalda aynan ushbu yo`nalishdagi 13 ta etakchi tadbirkorlar o`zlarining ko`plab vinochilik mahsulotlari ishtirok etishdi. Mahsulotlar qatorida vinoning har xil turlari bilan birga konyaklar ham namoyish etildi.

Tadbirda Fransiya, Estoniya va Yaponiyadan kelgan degustatorlar ishtirokida “Faxriy tanlov” xalqaro tanlovi bo`lib o`tdi.

Tanlov yakuniga ko`ra, “Eng yaxshi qizil quruq vino” nominasiyasida “Qora go`zal” va “Eng yaxshi oq quruq vino” nominasiyasida “Muskat” markalari g`olib deb topildi. Ularning har ikkisi ham “Toshkentvino kombinat”ida ishlab chiqarilgan.

    Boshqa yangiliklar