AsosiyJamiyat

Halima Xudoyberdievaning 5 jildlik saylanmasi nashrga tayyorlanmoqda

'Halima Xudoyberdievaning 5 jildlik saylanmasi nashrga tayyorlanmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan zamonaviy o`zbek she`riyatining yirik vakillaridan biri Halima Xudoyberdievaning turli yillarda nashr etilgan kitoblari asosida 5 jildlik saylanmasi nashrga tayyorlanmoqda.

Bu haqda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Jumladan, Saylanmaning 1-jildidan o`rin olgan shoiraning benazir bitiklarini o`qir ekansiz, tuyg`ularning rangi va tovushinigina emas, balki qo`l bilan tutsa bo`ladigan darajada moddiylashganini his etasiz va bu inja tuyg`ular sizning ham ko`ngil mulkingizga aylanib qolishi hech shubhasiz.

Kitobning birinchi jildi tayyorlanib, keng omma e`tiboriga havola etilish arafasida turibdi. Keyingi to`rt jildi esa nashr etilish jarayonida.

    Boshqa yangiliklar