AsosiyJamiyat

​O`zbekistonlik harbiylar So`g`d garnizonidagi qo`shma mashg`ulotlarda ishonchli harakatlandi

'​O`zbekistonlik harbiylar So`g`d garnizonidagi qo`shma mashg`ulotlarda ishonchli harakatlandi'ning rasmi

O`zbekiston va Tojikiston respublikalari qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari o`rtasida hamkorlikda So`g`d viloyatidagi “Choruxdayron” poligonida o`tkazilayotgan “Jangovar hamdo`stlik—2018” o`quvlarining birinchi kuni o`z nihoyasiga etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hamkorlikdagi o`quv mashg`ulotlarning birinchi kunida tezkor guruh shtabi tashkil etildi. Tojikiston mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari – Bosh shtabi boshlig`i general-leytenant Emomali Sobirzoda tomonidan ushbu guruh faoliyati muvofiqlashtirilib, dala o`quv maydonidagi amaliy mashg`ulotlar bilan parallel ravishda ishlar olib borilishi ta`kidlandi. O`zbekiston harbiylari tomonidan jangovar texnikalar, uchuvchisiz uchish apparatlari, 6 ta minomyot hamda 2 ta H215 vertolyot qo`llanilib, taktik harakatlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Mashqlar jarayonida dastlab noqonuniy qurollangan terrorchi guruhlar joylashgan hudud to`g`risidagi ma`lumotlar o`zbekistonlik harbiylar (uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida) tomonidan yuqori qo`mondonlikka etkazildi. Hamkorlikda “Dushman shaharcha”siga hujum uyushtirildi. O`zbekistonlik harbiylar zirhli texnikalarda belgilangan yo`nalish bo`yicha ishonchli harakatlanib, shartli dushman joylashgan ob`ektni egalladi. Shartli dushman kelish ehtimoli bo`lgan yo`nalishga esa O`zbekiston va Tojikiston Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va harbiy havo kuchlarining vertolyot aviasiyalari tomonidan taktik desantlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tojikiston-O`zbekiston hamkorligidagi harbiy mashg`ulotlar 22 sentyabr kuniga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar