“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi loyihasida qurilish ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ushbu ishlarni bajarishda jalb etilgan maxsus texnikalarni shu yo`nalishda joylashgan qurilish ob`ektlariga kirib chiqishi va transport vositalarini harakat xavfsizligini oldini olish uchun Shayxontohur tumani Furqat ko`chasidagi yordamchi yo`li vaqtinchalik yopiladi. Ushbu cheklov qurilish yakuniga qadar amal qilishi ko`zda tutilgan.
“Poytaxt ma`muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi”, – deyiladi xabarda.






