SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilayotgan BFR raketasida Oyga sayohat qiladigan ilk sayyoh nomi ma`lum qilindi, deb xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
U yaponiyalik milliarder Yusaku Maedzavadir. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask maxsus marosimda ma`lum qildi. Avvalroq SpaceX Oy atrofida aylanib chiqadigan ilk sayyoh bilan kelishuv tuzganini ma`lum qilgandi. Maskning aytishicha, yangi raketaning Oyga parvozi va ortga qaytishi uchun 4-5 kun etarli. U parvoz qachon amalga oshishiga oydinlik kiritmagan, biroq kosmik sayyoh ushbu voqea 2023 yilda yuz berishini ma`lum qilgan.






