AsosiyJamiyat

"Zamonamiz qahramoni" turkumida yangi asarlar chop etildi

'"Zamonamiz qahramoni" turkumida yangi asarlar chop etildi'ning rasmi

"G`afur G`ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida “Zamonamiz qahramoni” turkumida yangi asarlar chop etildi. Nashr etilgan kitoblar ro`yxatida Luqmon Bo`rixonning “Titrayotgan tog`”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, Qo`chqor Norqobilning “Bu erlarda hayot boshqacha” va Abduqayum Yo`ldoshevning “Osmon og`ushi” asarlari bor.

Kitoblar O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tashkil etgan tanlov natijalaridan kelib chiqqan holda nashr qilindi.

"G`afur G`ulom" nomidagi NMIU xodimi Sanjar Tursunov: “Tanlov “O`zAS” gazetasida e`lon qilingan edi. Tanlovda ishtirok etgan ko`plab asarlar orasida shu to`rtta kitob tanlab olindi va "G`afur G`ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi. Ularning har birida jamiyatning biror sohasida xizmati singgan zamonamiz qahramonlari hayoti aks ettirilgan. Luqmon Bo`rixonning “Titrayotgan tog`” romanida temiryo`lchilar, Abduqayum Yo`ldoshevning “Osmon og`ushi” asarida uchuvchining hayoti, Qo`chqor Norqobilning “Bu erlarda hayot boshqacha” asarida chegarachilar hayoti tasvirlangan. Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan” asari esa o`zbek olimining chet elga chiqishi haqida”, deb aytib o`tdi.

Kitoblar 3 ming tirajda chiqarilgan.

    Boshqa yangiliklar