AsosiyJamiyat

Buxoro-Qorovulbozor magistral yo`lida 26 nafar yo`lovchisi bo`lgan avtobusning gaz balloni portlab ketdi

'Buxoro-Qorovulbozor magistral yo`lida 26 nafar yo`lovchisi bo`lgan avtobusning gaz balloni portlab ketdi 'ning rasmi

Joriy yilning 18 sentyabr kuni ertalab soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o`tuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yo`lida 26 nafar yo`lovchisi bo`lgan avtobusning yo`l transport halokatiga uchrashi va gaz ballonining portlashi natijasida, 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi.

5 nafar og`ir bemorlar RShTYoIM Buxoro filialiga yotqizildi. 7 nafar bemorning ahvoli o`rta og`irlikda, 9 nafarining ahvoli engil bo`lib, ular Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limiga yotqizilgan.

Jarohatlanganlarga shoshilinch yordam ko`rsatish uchun barcha zaruriy choralar ko`rilib, RShTYoIMdan xirurg, neyroxirurg va reanimatolog mutaxassislari sanaviyasiya tarmog`i orqali yuborildi.

Hozirda jabrlanganlarning shaxsi to`g`risidagi ma`lumotlar aniqlanmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lum qilishicha, avtohalokat sabablari o`rganish bo`yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.

    Boshqa yangiliklar