AsosiyJamiyat

Bundan buyon kommunal xizmatlardan qarzdorliklarni notarius aniqlaydi

'Bundan buyon kommunal xizmatlardan qarzdorliklarni notarius aniqlaydi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan ko`chmas mulkni boshqa shaxsga o`tkazish shartnomasini tasdiqlashda kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma`lumotlarni olishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi.

Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Endilikda ushbu ma`lumotlarni olish bevosita notarius tomonidan bajariladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonning barcha hududida idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz ta`minoti bo`yicha 2019 yil 1 yanvardan, suv ta`minoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari bo`yicha 2021 yil 1 yanvardan boshlab yo`lga qo`yiladi.

Quyida ko`chmas mulkni boshqa shaxsga o`tkazish shartnomasini tasdiqlashda kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma`lumotlarni olish bosqichlari keltirilgan:

01.JPG

    Boshqa yangiliklar