Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda. 53 ta davlatni birlashtirgan JSSTning Evropa mintaqviy byurosiga O`zbekiston ham a`zo hisoblanadi.

Joriy yil 17 sentyabr kuni Italiya poytaxti Rim shahrida boshlangan mazkur nufuzli sessiyada inson salomatligi bilan bog`liq qator muhim masalalar, jumladan, 2018 yilda Evropada sog`liqni saqlash holati,tibbiyot va aholi farovonligini qo`llab-quvvatlash, mintaqada barqaror rivojlanish uchun inson salomatligini yanada yaxshilashga qaratilgan ko`plab yo`nalishlar muhokama etilishi kutilmoqda.

JSST Evropa mintaqiy byurosining 68-sessiyasi 20 sentyabrga qadar davom etadi.






