AsosiyDunyo

Falastin va Isroil o`rtasida navbatdagi to`qnashuv bo`ldi

'Falastin va Isroil o`rtasida navbatdagi to`qnashuv bo`ldi'ning rasmi

G`azo sektorida Falastin va Isroil o`rtasidagi navbatdagi to`qnashuv bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda Segodnya.ua nashri.

Isroil askarlari tomonidan keltirib chiqarilgan yong`inlar oqibatida 11 yoshli bola halok bo`lgan. Bundan tashqari, yana o`nlab odamlar turli darjada jarohat oldi. Reuters axborot agentligining bergan xabarlariga qaraganda, bolaning jasadi oilasi tomonidan Falastinga olib ketilgan.

U oilasi bilan Jabalya shahri chegarasidagi lagerlana yashayotgan edi. Bolaning o`limi falastinliklarni yanada g`azablanishiga olib kelgan. Falastinlik shifokorlarning bergan ma`lumotlariga ko`ra, hozirga qadar to`qnashuvlar sabab jarohat olganlar soni 200 dan oshgan.

    Boshqa yangiliklar