Italiyaning «Yuventus» klubida to`p surayotgan Krishtianu Ronaldu yangi jamoada gol urolmayotgani xaqidagi gap-so`zlarga chek qo`ydi, deya xabar qildi TASS nashri.
U A Seriyaning 4-turi doirasida «Sassuolo»ga qarshi o`yinning 50-daqiqasida hisobni ochdi. Bu gol portugaliyalik futbolchi uchun «Yuventus» safidagi ilk gol sifatida qayd etilgan. Shuningdek, Ronaldu o`yinning 65-daqiqasida dubl natijaga erishdi. U dastlabki turlarda faqat bir golli uzatmaga mualliflik qilgandi.






