AsosiyJamiyat

Qiziltepalik fermerlar davlatga paxta topshirish rejasini bajardi

'Qiziltepalik fermerlar davlatga paxta topshirish rejasini bajardi'ning rasmi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Valiobod”, “Ahad bobo”, “Birdamlik” fermer xo`jaliklari davlatga paxta topshirish shartnomaviy rejasini ortig`i bilan bajardi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

O`rtacho`l sharoitida paxta boshqa hududlardan ko`ra erta etiladi. Joriy yilda mavsumning qurg`oqchil kelgani mirishkorlarni yana bir jiddiy sinovdan o`tkazdi. Shunga qaramay, ko`p yillik tajriba natijasida belgilangan marraga erishildi.

– 31,3 gektar erga paxtaning “Buxoro-6” navi ekilib, rejada belgilangan 76,6 tonna o`rniga 80 tonna hosil yig`ishtirib oldik. Paxta klaster hamkorimiz “Baht-textile” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga etkazib berildi, – deydi “Valiobod” fermer xo`jaligi raisi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Ra`no Valieva. – Davlatimizda fermerlarga yaratib berilgan sharoitlar, klaster usulining joriy etilgani er egalarining og`irini engil qildi. Texnika va mineral o`g`itlar o`z vaqtida etkazilib, sug`orish ishlari namunali olib borildi.

Tuman hokimligi rahbarligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan mavsum boshidan fermerlarning muammolari o`rganilib, zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, uyushgan aholidan 60 nafari o`z ixtiyori bilan terimda ishtirok etib qonunchilikda ko`rsatilganidek, paxta pullarini oshirilgan narxda o`z vaqtida olishgani, mehnatkashlar g`ayratiga g`ayrat qo`shdi.

    Boshqa yangiliklar