Poytaxtimizda joylashgan “Milliy” stadioniga yangi rahbar tayinlandi. Stadion binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi rahbari lavozimiga Kozim O`rinboyxo`jaev tayinlandi. Bu haqida O`FA xabar bermoqda.
Ma`lumot o`rnida, Kozim O`rinboyxo`jaev 1986 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 2ta oliy ma`lumotga ega. O`zbekiston milliy Universitetining Ijtimoiy-siyosiy fanlar va Iqtisodiyot fakultetlarini tamomlagan.






