AsosiyJamiyat

Barcha siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ruxsat berildi

2014 yilgi saylovni yoritish bo`yicha respublika matbuot markazida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov jurnalistlarga saylov okruglarini tashkil etish, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o`tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini shakllantirish, siyosiy partiyalarning bo`lajak parlament saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

Tadbirda ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovni o`tkazish uchun bir yuz o`ttiz besh saylov okrugi tashkil etilgani, ularning nomlanishi, tartib raqami, chegarasi va saylovchilar soni ko`rsatilgan ro`yxat matbuotda e`lon qilingani ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar