AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik harbiylar Tojikistonda qo`shma mashg`ulotlarda ishtirok etadi

'O`zbekistonlik harbiylar Tojikistonda qo`shma mashg`ulotlarda  ishtirok etadi'ning rasmi

Joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Tojikiston Respublikasining tog`li hududlarida o`tkaziladigan aksilterror qo`shma o`quv mashg`ulotlarida qatnashadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

5 kun davomida Tojikistonning So`g`d viloyatida bo`lib o`tadigan ushbu mashg`ulotlarda O`zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli bo`linmalar va tezkor guruhlardan iborat yuz nafarga yaqin harbiylar, Tojikiston Respublikasining harbiy boshqarma organlari, shuningdek, So`g`d garnizoni bo`linmalari va harbiy qismlari harbiylari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Jami ikki mamlakatdan 600 nafarga yaqin harbiylar hamkorlikda shartli dushman kuchlarini yo`q qilish bo`yicha tog`li og`ir sharoitlardagi mashg`ulotlarda qatnashadi.

Hamkorlikdagi o`quv mashg`ulotlari Tojikistonning “Chorrux-Dayron” o`quv markazi va “Nurafshon” poligonida o`tkaziladi.

Bugun, 16 sentyabr kuni O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamkorlikdagi aksilterror mashg`ulotlarida ishtirok etish uchun Tojikistonga etib borishdi.

Eslatib o`tamiz, shu yilning avgust oyida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo O`zbekison mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashuvi davomidaO`zbekiston Qurolli Kuchlari mintaqadagi eng kuchli va zamonaviy qurol-aslahalarga, O`zbekiston armiyasining harbiy xizmatchilari jangovar o`quv mashg`ulotlari borasida yaxshi bazaga ega ekanligini ta`kidlagan edi. Shuningdek, Sherali Mirzoo`zbekistonlik harbiy xizmatchilarini murakkab sharoitda qo`shma o`quv mashg`ulotlarida ishtirok etishga va armiya jamoalari o`rtasida sport hamda madaniy tadbirlarni o`tkazishga taklif bildirgandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa idoralari rahbarlari 2018 yilgao`zaro harbiy hamkorlik rejasini ham imzolagani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar