Fuqaro Sh. A. Navoiy viloyat IIB JQB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`linmasiga ariza bilan murojaat qilib, “Kurash” va “Shurik” laqabli shaxslar viloyat hududida noqonuniy ravishda valyuta oldi-sotdisi bilan shug`ullanayotganliklarini bildiradi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar bermoqda.
Navoiy shahri va Qiziltepa tumanida bo`linma xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o`tkazilib, Qiziltepa tuman “Dehqon bozori” hududida valyuta qimmatliklari savdosi bilan noqonuniy ravishda savdo qilayotgan Toyirov Shuhrat Kurash o`g`li va Hamdamov Xurshid Jalolovich sakkiz ming AQSh dollarining har birini sakkiz ming so`mdan, jami 64 million so`mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKsining tegishli moddasi asosida jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






