Makedoniyada taxminlarga ko`ra Ebola virusiga chalingan Birlashgan qirollik fuqarosi vafot etdi. Yana bir britaniyalikda esa ushbu virus alomatlari paydo bo`lgan.
BVVE simptomlari qattiq harorat, bezgak va ovqat hazm qilish jarayonining buzilishidir, deya ma`lumot bermoqda TASS. Ebola virusi yuqqan 90 foiz bemor halok bo`ladi, biroq hozirda ushbu ko`rsatkich 60-70 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda Buyuk Britaniya hukumati xorijiy davlatlardan kelayotgan va Ebola virusini tarqatishi mumkin bo`lgan chet elliklarni tekshirish choralarini yanada oshirishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi qirollik hukumati matbuot xizmati.
Ushbu tekshiruvlar birinchi navbatda Ebola tarqalgan mamlakatlar yoki o`sha davlatlar orqali o`tib kelgan fuqarolariga tegishli. Tekshirish uchun inson tana haroratini uzoqdan aniqlay oladigan maxsus skanerlardan foydalaniladi. Bunday moslamalar G`arbiy Afrika davlatlaridan uchib kelayotgan samolet reyslari yo`lovchilari uchun ham qo`llaniladi.





