Turinning “Yuventus” jamoasi hujumchisi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu jurnalistni rosa kulguga qoldirdi, deya ta`kidlamoqda Lenta.ru nashri.
Ko`rsatuvning suratga olish ishlari “Yuventus” o`yinchilarining mashg`ulotlari paytida amalga oshirilayotgan edi. Shu payt 33 yoshli Ronaldu telekamera qarshisida so`zlayotgan jurnalistning orqasidan kelib, unga taqlid qila boshlagan. Klub boshqa a`zolari ham Ronalduga ergashishgan.






