AsosiyJamiyat

Rossiyadagi YTHda halok bo`lgan 3 o`zbekistonlikning jasadi Andijonga olib kelindi

'Rossiyadagi YTHda halok bo`lgan 3 o`zbekistonlikning jasadi Andijonga olib kelindi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Oryol viloyatida avtohalokatda vafot etgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlari o`z vatanlariga olob kelindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ilgari xabar berilganidek, 2018 yil 11-sentyabr kuni Rossiyaning Orel viloyatida avtohalokat oqibatida O`zbekiston Respublikasining 3 nafar fuqarosi halok bo`lgan edi.

Favqulotda vaziyatlar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O`zbekiston Respublikasi «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi hamda mahalliy diasporalar tomonidan joriy yilning 15-sentab kuni amalga oshirilgan qo`shma tadbirlar natijasida, halok bo`lgan fuqarolar jasadlari O`zbekiston Respublikasi Andijon viloyatiga havo transporti orqali olib kelindi.

    Boshqa yangiliklar