AsosiyDunyo

Google sahro kadrlarini olish uchun tuyaga kamera o`rnatdi

Sir emaski, Google kompaniyasi jahondagi u yoki bu shaharning uch o`lchamli panormasini yaratish uchun videokameralar o`rnatilgan maxsus avtomobillardan foydalanadi. Ammo mashinalar yura olmaydigan joyda qanday yo`l tutish kerak? Google bunday joylarni tuyalar yordamiga suratga olishga qaror qildi, deya xabar beradi Metro.

Raffia nomli tuyaning xo`jayini bilan Livadan Abu Dabiga qadar sayohat qilgan.

"Xaritalarimizni yaratishda biz imkoni boricha atrof-muhitga zarar keltirmaydigan ekologik toza vositalardan foydalanishga harakat qilyapmiz. Bu borada tuya eng yaxshi “transport”. Kamera ortilgan tuyaga bu yuk hech qanday noqulaylik tug`dirmaydi”, - deydi Google vakili Joys Bez.

 

    Boshqa yangiliklar