AsosiyJamiyat

Andijonda hokimlik xodimi 16 ming AQSh dollari miqdoridagi pora bilan qo`lga tushdi

'Andijonda hokimlik  xodimi 16 ming AQSh dollari miqdoridagi pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Davlat Xavfsizlik Xizmati Andijon viloyati Boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Andijon shahar hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha bosh mutaxassisi To`xtamurod Qodirov firibgarlik qilib, tadbirkordan pul olayotgan paytida qo`lga olindi. Bu haqida “O`zbekiston 24” xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Andijon shahrida joylashgan “Jahon bozori” savdo kompleksi hududidagi bo`sh turgan 60 kv.metr er maydonidan foydalanish bo`yicha Andijon shahar hokimining farmoyishi chiqqani, kelgusida mazkur er maydonini tadbirkorlik bilan shug`ullanish uchun ajratib berish va kerakli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy tadbirkordan 17500 AQSh dollari talab qilib, shundan 16000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergov oldi jarayoni va surishtiruvlarda To`xtamurod Qodirov bunday ishlarga oldin ham qo`l urganligi aniqlandi. U ulgurji savdo bilan shug`ullanish uchun lisenziya berish evaziga boshqa bir tadbirkordan ham 300 AQSh dollar miqdorida pul olgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar