Janubiy Yapon orollari Okinava birlashmasi hamda Kyusyu oroli janubida “Vonfon” nomini olgan navbatdagi kuchli to`fon yaqinlashib kelayotganligi haqida xabar qilindi.
Bu ushbu mavsumda Tinch okeanida yuzaga kelgan 19 tropik po`rtana hisoblanadi va meteorologlarning fikricha, eng kuchlisi ham aynan u bo`ladi.
"Vonfon" Okinava orolidan shimolga qarab harakatlanmoqda va shanba, ya`ni 11 oktyabr kuni etib keladi, deya xabar bermoqda TASS. Po`rtana markazidagi shamolning tezligi soniyasiga 50 metrga etmoqda, eng yuqori tezlik esa 70 metrni tashkil etadi. Mutaxassislar aholini ko`chki va suv toshqini ro`y berishi haqida ogohlantirmoqda va ularga imkonii boricha uylarini tark etmaslik tavsiya qilinmoqda.
Bir hafta oldin Yaponiyaga kelib urilgan oldingi to`fon “Fanfon” 6 kishining hayotiga zomin bo`lgan edi. Deyarli 50 kishi, xususan “Formula-1” poygachilaridan biri jabr ko`rgandi. Poyga tartibi ham izdan chiqqandi.





