Kuni kecha, 9 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisda ishtirok etish uchun Minsk shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy sayti xabar beradi.
Bugun, 10 oktyabr kuni MDH sammitining asosiy voqealari bo`lib o`tadi. Prezidentimiz Islom Karimov an`anaga muvofiq davlat rahbarlarining tor doirada va kengaytirilgan tarkibda o`tkaziladigan uchrashuvlarida ishtirok etadi. Sammit kun tartibidan Hamdo`stlik davlatlari o`rtasidagi ko`pqirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokamasi o`rin olgan.
Majlis yakunida MDH doirasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga yo`naltirilgan hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilmoqda.





