AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan yanvar oyidan buyon qancha avtomobil sotgani ma`lum bo`ldi

'GM Uzbekistan yanvar oyidan buyon qancha avtomobil sotgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

“O`zavtosanoat” AJ joriy yilning 1 yanvaridan 30 iyuniga qadar 76 087 dona “GM Uzbekistan” AJda ishlab chiqarilgan avtomobil sotilganini ma`lum qildi.

Biroq ushbu davr mobaynida xaridorlarda avtomobilni etkazib berish muddatlari borasida noroziliklar yuzaga keldi.

Xabarda aytilishicha, “O`zavtosanoat” AJ rahbariyati ishlab chiqarish va sotish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, savdo tizimini o`zgartirish hamda avtomobil butlovchi qismlarini etkazib berishdagi uzilishlarni oldini olish borasida strategiyani qayta ko`rib chiqdi, bu esa aholi o`rtasida eng talabgir avtomobillarga mavjud talabni qondirishni boshlash imkonini berdi.

“Joriy yilning 1 iyulidan 12 sentyabriga qadar 38549 avtomobil sotildi, shundan 42% avtomobil shartnomada ko`rsatilgan muddatidan avval, 16% holatda esa 10 kungacha bo`lgan muddatda xaridorga etkazildi. Kompaniya xizmat ko`rsatish sifatini oshirish hamda avtomobillarning barcha modellari etkazib berish muddatini qisqartirish yo`nalishidagi sa`y-harakatlarni davom ettiradi”, - deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar