AsosiyDunyo

Yaponiyada g`ildirakli masjid tashkil etildi

'Yaponiyada g`ildirakli masjid tashkil etildi'ning rasmi

Yaponiya poytaxti Tokioda 2020 yilgi Yozgi Olimpiada o`yinlariga tayyorgarliklar boshlab yuborilgan.

Tokioning sport va madaniyat tadbirlarini tashkillashtiruvchi kompaniyasi 2020 yilgi Yozgi Olimpiada o`yinlari vaqtida g`ildirakli masjid tashkillashtirishni ko`zlamoqda.

“Yaponiyada masjidlar ko`p emas. Musulmonlarga bu noqulaylik tug`dirishi mumkin. Harakatlanuvchi Masjid esa ayni muddao. Maqsad Olimpiya o`yinlariga keluvchi musulmon mehmonlar uchun sharoit yaratishdir. Biz Yaponcha “Omotenashi”ni (mehmondo`stlik) namoyon etmoqchimiz”, deydi tashkilotchilardan bo`lgan Yasuxari.

72347bfd-8a2b-4cbb-84de-f2a6a011b163.jpg

Masjidli mashinalar ichi 48 metr kvadrat maydonni tashkil etadi va u o`ziga 50 kishini sig`dira oladi. Mashinada tahorat olish uchun qulayliklar ham mavjud. Masjidli mashina ilk bor shu hafta J – Liga futbol o`yinlari uchrashuvida musulmon futbol ishqibozlariga “xizmat qilgan”.

Hozirda Yaponiyada 200 mingga yaqin musulmonlar istiqomat qiladi.

    Boshqa yangiliklar